Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinişi mumkin. Maşinalar Özbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boşqa davlatlariga Qozoğistondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali yetkazib berilişi közda tutilgan.
«Kolesa.ru» portalining xabar berişiça, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylaşgan «Aziya-Avto» zavodida yiğilmoqda.
Qozoğiston korxonasi vakillarining sözlariga köra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada çiqariş rejalaştirilgan.
Ma'lumotlarga köra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan taşqari Ravon brendi ham yetkazib berilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov boşçiligidagi katta hukumat delegatsiyasi Tojikiston poytaxti Duşanbe şahriga 26 dekabr kuni taşrif buyuradi. Uşbu taşrif çoğida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilişi ehtimolga yaqin.












