Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy aviakompaniya Nyu-York va Istanbulga parvozlar uchun yuklarni bepul tashishning yangi qoidalarini joriy qildi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (MAK) 2017 yilning 1 yanvaridan Nyu-York va Istanbul yo‘nalishlaridagi reyslarida yuklarni tashish qoidalarini o‘zgartiradi. Bu haqida MAK rasmiy saytida xabar berildi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq yuklarni bepul tashishning quyidagi qoidalari joriy etiladi:
Toshkent - Nyu-York va ortga qaytish
- Ekonom toifa: har birining vazni 23 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan 2 o‘rin
- Biznes toifa: har birining vazni 32 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan 2 o‘rin
- 158 santimetrdan ortiq bo‘lmagan har bir o‘rin uch o‘lcham summasida
Toshkent-Istanbul va ortga qaytish
- Ekonom toifa: 35 kilogramm
– Biznes toifa: 40 kilogramm
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
22:48 / 28.06.2026