Saida Mirziyoyeva Toşkentning şaharsozlik va ekologik rivojlanişi masalalari böyiça yirik meʼmoriy loyihalar taşabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, ixtisoslaşgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uçraşuv ötkazilganini maʼlum qildi.

Uning taʼkidlaşiça, Toşkent şiddat bilan kengayib bormoqda. Şaharsozlik va ekologiya bilan boğliq bugungi vaziyat esa poytaxt kelajagiga har qaçongidan ham jiddiyroq eʼtibor qaratiş va uni çuqur tahlil qilişni talab qilmoqda.
Uçraşuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tuşayotgan katta yuk, şuningdek, elektr va suv taʼminoti bilan boğliq muammolar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva yangi qurilişlar şahar rivojiga xizmat qilişi, qöşimça nomutanosibliklarni keltirib çiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqça zöriqtirmasligi kerakligini taʼkidladi.
Şu bilan birga, Toşkentni aholi va şahar mehmonlari uçun yanada qulay, körkam, ozoda va xavfsiz qilişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirayotgan biznes vakillari qöllab-quvvatlanişi bildirildi.
Saida Mirziyoyeva bunday taşabbuskor biznesni har tomonlama qöllab-quvvatlaş prezident tomonidan belgilangan asosiy vazifalardan biri ekanini qayd etdi.
















