Braziliyaning «Şapekoense» futbol klubi a'zolari va xodimlari uçayotgan samolyotning qulaşi bilan boğliq hodisani örgangan Boliviya hukumat komissiyasi tergov natijalarini e'lon qildi. Ularning fikriça, halokatga uçuvçi Migel Kiroga aybdor bölgan.
GloboEsporte ma'lumotlariga köra, uçuvçi belgilangan yönalişdan çekingani sababli samolyotga parvozni yakunlaş uçun yonilği yetmay qolgan. Samolyot soatiga 250 km tezlikda toqqa kelib urilgan.
Tergovning aniqlaşiça, uçuvçining malakasi bu kabi parvozlarni amalga oşiriş talabiga javob bermagan.
Kiroga yetarli darajada parvoz soatiga ega bölmagan, bu turdagi samolyotni yaxşi bilmagan, mehnatga joylaşganida esa, yolğon ma'lumotlarni ham taqdim etgan bölişi mumkin.
«Uşbu fojia yuzasidan bevosita javobgarlik LaMia idorasi va uçuvçi zimmasidadir», — deya Boliviya jamoat işlari vaziri Klaros sözlarini keltiradi ABI agentligi.
Mazkur aviahalokat sababli Boliviya avianazorat boşqarmasining sobiq vakili Gustavo Vargas Vilegas hibsga olingan. U Kolumbiyada halokatga uçragan samolyotga litsenziya berişda öz xizmat lavozimidan foydalangan bölişi mumkin. Bundan taşqari, uning otasi va LaMia aviakompaniyasi rahbari Gustavo Vargas Gamboa ham qölga olingan. Gumonlanuvçilarning ikkisi ham öz aybini tan olmayapti.
29 noyabrda Kolumbiyada sodir bölgan aviahalokat oqibatida samolyot bortidagi 77 kişidan 71 kişi hayotdan köz yumgan edi.
















