Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlu AQŞ davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali muloqotda turk muxolif imomi Fathulla Gulenni Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning qotilligida aybdor deb atadi. Bu haqdagi Anqaradagi diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bizning hozir Moskvada bölgan vazirimiz Kerri bilan telefon suhbati ötkazdi. Çavuşöğlu unga aytgandek, Rossiya va Turkiya bu hujum ortida FETO turganini biladi. U şuningdek Kerrini Suriya böyiça Rossiya, Turkiya va Eron taşqi işlar vazirlarining Moskvadagi uçraşuvi natijalaridan xabardor qildi", deb aytdi manba.
Karlov 19 dekabrda Anqarada fotokörgazma oçilişi vaqtida öldirildi.

















