20 dekabr oqşomida marhum Andrey Karlov jasadi solingan tobutni olib Anqaradan uçgan samolyoti Moskvadagi Vnukovo aeroportiga qöndi. Samolyotda marhumning volidasi va bevasi ham Moskvaga qaytgan.
Maxsus reysni aeroportda şu vaqtda Moskvada bölib turgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov kutib olgan. Aeroportning hukumat terminali binosida Rossiya bayroqlari tuşirib qöyildi. Vazirlar samolyot bortiga kötarilib, samolyotda kelgan elçining bevasi va onasi Marina va Mariya Karlovalarga trapdan qizil gilamçagaça tuşişga yordam berişdi.
Videoda marhumning tinimsiz yiğlayotgan onasini ikki vazir ikki yoqdan suyab boradi.
Terminal oldida tobut minbarga qöyildi. Bu yerda ayollar öz qadrdon odamlari bilan yana bir marta vidolaşişdi. Söngra tobut katafalkka ortilib, Moskvaga olib ketildi.
















