Nyu-Yorkning qorga burkangan köçalaridan Xitoy va Uirralning sokin dengiz manzaralarigaça – bularning barçasi Travel Photographer of the Year mukofotining 2016 yilgi ğoliblari fotosuratlari. Ular 2017 yilning 18 may – 30 iyun kunlari davomida Hull UK City of Culture körgazmasida namoyiş etiladi.

Joel Santos, Portugaliya. Ğolib, «Trevel-fotosuratçi 2016» nominatsiyasi
Köldagi baliqçi. Bosumtvi, Aşanti, Gana. An'analarga köra, baliq ovlaş uçun faqatgina yoğoçli «padaus» tayoqlari işlatilişi lozim: ularning qadimiy avlodlari aynan şu usul bilan baliq ovlaşgan.

Joel Santos, Portugaliya. Ğolib, «Trevel-fotosuratçi 2016» nominatsiyasi
Uşbu surat osmondan olingan bölib, Erta Ale vulqoni içini aniq körsatib bergan. Vulqon esa mahalliy afar tilida «Çekuvçi toğ» ma'nosini berib, u Efiopiyadagi Danakil sahrosida joylaşgan.

Ankit Umar, Hindiston. Ğolib, «Yoş trevel-fotosuratçi (14 va undan kiçik yoşdagi)» nominatsiyasi
Tanzaniyadagi qizil ğozlar bölgan Natron köli ortidagi Lengai toği çöqqisi.

Maykl Palatstso, Italiya. Ğolib, «Şaharlar: arxitektura va makon» nominatsiyasi
«Jonas qorli pörtanasi vaqtidagi sayr davomida Nyu-Yorkdagi Fletayron-bilding binosini kuçli böron fonida suratga olişga muvaffaq böldim».

Biran Çao, Xitoy. Ğolib, «Şakl beruvçi yoruğlik» nominatsiyasi
Xitoyning Seçuan viloyatidagi Guansi şahri yaqinida joylaşgan Beyu toği har kuni rohiblar tomonidan aylanib ötiladi.























