Yevropaga 2016 yilda 360 mingdan ziyod muhojir Örta yer dengizi orqali kelgan. Şu bilan bir qatorda, beş mingdan ortiq inson yölda halok böldi, deb xabar beradi muhojirlik böyiça Xalqaro taşkilot.

Uning ma'lumotlariga köra, Yevropaga 12 oy davomida dengiz orqali 363 248 muhojir va qoçqin kelgan. Ularning aksariyati Gretsiya (173 mingdan ortiq) va Italiyada (181 mingdan ortiq) joylaştirildi. Sakkiz mingdan oşiqroq inson Ispaniya sohillarida tuşib qolişgan. Italiya dekabrning sönggi haftasida 1647, Gretsiya esa 280 muhojir va qoçqinni qabul qilib oldi.

Gretsiyaga 2016 yilda asosan suriyaliklar, afğonlar, iroqliklar, pokistonliklar va eronliklar kelişgan bölsa, Italiyaga – nigeriyaliklar, eritreyaliklar, gvineyaliklar, şuningdek, Fil suyagi qirğoği va Gambiya davlatlari fuqarolari yöl olişgan.

Dengizda bir yil davomida 5079 muhojir va qoçqin halok böldi. Bu holat Şimoliy Afrikadan Italiyaga bölgan yönalişda eng köp kuzatilgan (4576 halok bölgan inson). 

Taşkilot ma'lumotlariga köra, Yevropaga 2016 yilda quruqlik böylab 24 139 muhojir va qoçqin keldi. Örta yer dengizi böylab kelganlarni hisobga olsa, ularning umumiy soni 12 oyda 387 487 kişini taşkil etdi.