Amerikaning Apple korporatsiyasi Hindiston hududida öz mahsulotlarini işlab çiqariş uçun ruxsat olişga urinmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal naşri.

U Hindiston hukumatidagi manbalariga asoslangan holda şu haqda ma'lum qilmoqda. Unga köra, korporatsiya rahbariyati ötgan oyda şunday taklifni yuborgan. Apple öz mahsulotlari savdosini sezilarli oşiriş va şu bilan Janubi-Şarqiy Osiyodagi bozorini kengaytirişni xohlamoqda. Naşrning yozişiça, bugungi kunda kompaniyaning Hindiston smartfonlar bozoridagi uluşi 5 foizdan oşmaydi. 

"Apple Hindistonda Xitoyda erişilgan muvaffaqiyatidan özib ketmoqçi", - deya manbasi sözlaridan iqtibos keltiradi gazeta. 

1976 yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari, iPad planşet kompyuterlari, iPod musiqa pleyerlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlarini hamda boşqa yuqori texnologiya mahsulotlarini işlab çiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, uning bozor kapitallaşuvi oktabr oyi oxiriga köra, 620 mlrd AQŞ dollaridan oşib ketgan.