IŞID terrorçilik guruhi Suriyaning Al-Bob şahrida oxirgi kunlarini yaşamoqda va yaqin orada şahardan siqib çiqariladi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

"IŞID Al-Bobda oxirgi kunlarini yaşamoqda. Terrorçilar istalgan vositalar bilan: xudkuşlar, qölbola portlovçi qurilmalarni qöllab şaharda qolmoqçi. Afsuski, turk tomondan qurbonlar va yaradorlarsiz iloji bölmadi. Biroq Al-Bob va Halab örtasidagi yöl nazorat ostiga olindi. Umid qilamanki, Al-Bob yaqin orada ozod etiladi, uning aholisi esa öz uylariga qaytadi", deb aytdi Erdöğan Anqaradagi matbuot-anjumanda. 

Turkiya armiyasi Suriya muxolifati bilan birgalikda Suriya şimolidagi Jarablus şahrini öz nazoratiga olgan va ayni vaqtda Al-Bob uçun janglar olib bormoqda.