Facebook ijtimoiy tarmoği yangi Live Audio xizmatining sinovini boşladi. Bu audiotranslyatsiyalarni onlayn tarzda efirga uzatiş imkonini beradi. Bu haqda, kompaniyaning rasmiy blogida söz yuritilgan.
U birinçi galda audiokontent bilan işlaşni ma'qul köruvçi radiostansiya va kompaniyalarga möljallangan. Şunga köra, BBC va LBC ijtimoiy tarmoqning ilk mijozlari bölişdi.
Endilikda, foydalanuvçilar Android va iOS dasturlari uçun möljallangan Facebook ilovasida «radio» eşitişlari mumkin böladi. Şu bilan birga, qayd etilişiça, iPhone va iPad egalari ijtimoiy tarmoqning oçiq servisida bu xizmatdan foydalana oladi. Android-qurilmalari foydalanuvçilari esa, mobil qurilma ekrani öçib turgan holatda ham efirni tinglaşlari mumkin.
Facebook 2017 yil boşidan ijtimoiy tarmoq iştirokçilarining barçasi uçun audiotranslyatsiyalarni işga tuşirişni rejalaştirayapti.
Bundan avval, Facebook Messenger ilovasida guruh bölib videoçatlarni amalga oşiriş imkoni paydo bölgan edi.













