Nokia kompaniyasi sudga AQŞning Apple kompaniyasiga qarşi patent huquqlarini buzganlik böyiça bir neçta da'vo arizasi berdi. Bu haqda kompaniya saytida aytildi.

Kompaniyaning ma'lum qilişiça, u uçta intellektual mulk portfeliga ega. Ta'kidlanişiça, kompaniya zamonaviy smartfon va planşetlarda qöllanuvçi köplab texnologiyalarni qamrab oluvçi ön minglab patentlarga ega. 

"2011 yilda litsenziyalaş haqidagi va Nokia Technologies’ning ba'zi patentlarini qamrab oluvçi kelişuv imzolangandan boşlab, Apple köplab mahsulotlarida qöllanadigan boşqa patentlangan işlanmalarni litsenziyalaş borasidagi Nokia’ning takliflarini rad qilib kelgan", deyildi Nokia’da.

Nokia’ning ta'kidlaşiça, Apple bilan köp yillik besamar muzokaralardan keyin u öz huquqlarini sudda himoya qilmoqçi.