Rossiyaning Irkutsk viloyatida dölanadan tayyorlangan qölbola spirtli eritma iste'molidan zaharlanib, halok bölganlar soni 71 nafarga yetgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqa soğliqni saqlaş vazirligi vakili Tatyana Şkurskayaga asoslangan holda xabar qilmoqda.

"Jami jabrlanganlar soni 117 kişini taşkil etadi. Ötgan tun davomida yana bir kişi olib kelingan. 36 kişi statsionar davolanişda", — degan agentlik suhbatdoşi. 

Şifokorlarning sözlariga köra, jabrlanganlarning aksariyati şifoxonalarga koma holatida olib kelingan. "Boyarişnik" eritmasi iste'molidan keyin zaharlaniş holati 1 soatdan 24 soatgaça bölgan vaqt oraliğida kuzatiladi. 

Irkutskda tarkibida metil spirti bölgan qölbola eritma iste'molidan ommaviy zaharlaniş 17 dekabrda ilk bora qayd etilgan edi. Tergovçilar jinoiy iş qözğatgan. Suriştiruv çoğida ular yaşirin sex faoliyatini aniqlaşgan. Zaharli mahsulotni tarqatgan 12 kişi qölga olingan.