Jahon | 15:59 / 22.12.2016
7170
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada uchuvchilarning ish tashlashi sababli 220dan ortiq parvoz bekor qilinadi

Foto: ria.ru

Janubiy Koreyaning eng yirik aviakompaniyasi Korean Air uchuvchilari 22 dekabrdan 31 dekabrgacha davom etadigan 10 kunlik ish tashlashni boshlashdi. Aviatashuvchi vakilining xabar qilishlaricha, 11 yildagi ilk norozilik aksiyasi tufayli 200ga yaqin ichki va 24ta xalqaro parvozlar bekor qilinadi. 

Yonxap agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 22 dekabr kuni 18ta aviareys bekor qilingan. bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilariga aviachipta qiymati qaytarilgan yoki boshqa parvoz vaqti taqdim etilgan. 

Korean Air uchuvchilarining ish tashlashi kasaba uyushmasi vakillari va kompaniya rahbariyati o‘rtasidagi maoshlarni 34 foizga oshirish bo‘yicha muzokaralar besamar yakunlanganidan so‘ng boshlangan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid