22 dekabrda noma'lum kimsa Fransiyada böladigan prezidentlik saylovlarida Sotsialistik partiyadan nomzodini qöyiş huquqi uçun kuraşayotgan, Fransiyaning sobiq boş vaziri Manuel Valsning ustidan un soçib yubordi. Bu haqda BFMTV telekanali ma'lum qildi.
Voqea Strasburgda yuz bergan. Vals bu yerga saylovoldi kampaniyasi doirasida kelgandi. Sobiq boş vazirning tarafdorlari bilan uçraşuvi boşlanişi kerak bölgan restoranga kiraverişda bir piyoda u tomon otilib, uni va atrofidagilarni unga belagan.
"49.3! Esdan çiqarmaymiz, keçirmaymiz", deb aytgan hujum qilgan kimsa. Vals qöriqçilari uni uşlab, yaqin orada turgan politsiya mikroavtobusiga olib borişgan.
Fransiya konstitutsiyasining 49.3-moddasi boş vazirga biror hujjatning qabul qilinişiga işonçi komil bölsa-yu, biroq parlamentning köpçilik a'zolari uni qöllab-quvvatlaşiga gumon bildirsa, bu hujjatni parlament bilan kelişmasdan ötkaza olişiga imkon beradi. Bu modda qöllangandan keyin deputatlar bir kun içida hukumatga işonçsizlik bildiriş masalasini kötariş huquqiga ega böladilar.
Bu moddaning qöllanişi nomaşhur çora hisoblanadi, biroq Vals hukumati undan bir neça marta, jumladan 2016 yil boşida mehnat qonunçiligidagi islohotlarni qabul qilişda foydalangan.












