Moskvada XX asrning eng maşhur siyosiy arboblaridan biri Iosif Stalinning 80 yoşli nabirasi Yevgeniy Jugaşvili vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"U vafot etdi", deb ma'lum qilindi tez yordam ma'lumot beriş xizmatida.
Yevgeniy Jugaşvili Stalinning öğli Yakov Stalinning öğli bölgan. Uning otasi Ikkinçi jahon uruşi vaqtida faşistlar qöliga asirga tuşgaç, ular bilan hamkorlik qilişdan boş tortib öz joniga qasd qilgan. Taşqi körinişi Stalinnikiga öxşaş bölgan Yevgeniy hattoki "Yakov – Stalin öğli" filmida bobosi rolini ijro etgan.

Yevgeniy Jugaşvilining kasbi muhandis bölgan, sovet vaqtida bir neçta zavodlarda harbiy vakil bölgan, sovet davridan keyin esa Rossiya va Gruziyada jamoatçilik va siyosiy faoliyat bilan şuğullangan.
Jugaşvili öz bobosining nomini himoya qiliş böyiça sud jarayonlari ötkaziş bilan tanilgan. U, jumladan, Katinda sovet jazolaş otryadlari tomonidan polşalik harbiylarning otib taşlanişini şubha ostiga qöygan. U Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga murojaatida bu ayblovni "jirkanç böhton" deb atagan. XX asrning 90-yillarida radikal kommunist Viktor Ampilov bilan Rossiya Davlat dumasiga nomzodini qöymoqçi bölgan.
Avvalroq Strasburg sudi Yevgeniy Jugaşvilining Katinda polşalik harbiylarning otilişi böyiça OAVdagi maqolalar yuzasidan Rossiyaga qarşi şikoyatini nomaqbul deb topgan.
Katindagi fojia Iosif Stalin buyruği bilan amalga oşirilgani aytib kelinadi.












