Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni "ahmoq" deb atadi. Dutertening bunday deyişiga BMT komissarining Duterte harakatlarini tergov qiliş taklifi sabab böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

"Bu yigit (Zayd Raad al-Husayn) yoki hazilkaş, yoki ahmoq. Siz BMTdagi amaldorlar, ketingizda ötiribsiz va biz siz uçun maoş tölamoqdamiz. Sen, ahmoq, menga nima qilişni örgatma. Kim senga bunday huquq berdi?", deb aytgan Duterte mahalliy televideniyening jonli efirida.

20 dekabrda Al-Husayn giyohvandfuruşlarni öldirişda şaxsan özi qatnaşganini tan olgan Dutertening harakatlarini tergov qilişga çaqirgan. Dutertening aytişiça, u Davao şahri meri bölganda jinoyatçilarni öldirgan. Uning aytişiça, u buni "politsiyadagi yigitlarga örnak böliş uçun" qilgan. AQŞ Dutertening bu iqroriga Filippinga moliyaviy yordamni taqdim qilmaslik bilan javob berdi.

2016 yil may oyida mamlakat prezidenti etib saylangan Duterte giyohvandfuruşlarga qarşi katta kölamli kampaniyani boşlagan. Dutertening prezidentligi vaqtida giyohvand moddalarni sotiş va işlab çiqarişga aloqador  bölgan 3 ming kişi öldirildi.

Duterte nutqlaridan birida özini  Adolf Gitlerga qiyoslagan va "3 million giyohvandni öldirişdan baxtiyor bölişini" aytgan. Xalqaro hamjamiyat Dutertening giyohvand moddalarga qarşi bunday keskin çoralarini bir neça marta tanqid qilgan.