Turinliklar kuzda içki çempionat doirasidagi uçraşuvda qabul qilingan mağlubiyat uçun Dohada qasos olişga tayyor.

Ötgan yillarda AQŞ, Liviya va Xitoyda ötkazilgan Italiya Superkubogi finali endilikda Qatarda bölib ötmoqda. Çempion va mamlakat Kubogi sohibi Dohadagi şayx Jassim bin Hamad stadionida Superkubok ğolibini aniqlaydi. 2014 yilda şu stadionda «Napoli» «Yuventus»ni penaltilar seriyasida 6:5 hisobida yenggandi.

«Yuventus» va «Milan» bahsi bugun Toşkent vaqti bilan soat 21:30da boşlanadi.

Bugungi uçraşuv ötkazilmay qolişi ham mumkin bölgandi: «Milan» jamoasi uçişi kerak bölgan samolyotda nosozlik röy berdi. Avvaliga reys 1,5 soat vaqtga keçiktirildi, keyin butunlay bekor qilindi. Milanliklar jamoasi rahbariyati moliyaviy zarar keltirmaslik uçun uçraşuvni boykot qilmoqçi ham böldi. Yakunda – Montella şogirdlari bilan  «Yuventus»dan keyin 1 kun ötib Dohaga keldi.

Oktyabr oyida «rossonerilar» Italiya çempionati doirasidagi uçraşuvda 1:0 hisobidagi ğalabaga erişgandi. Bu safar ham asosan yoş futbolçilardan tarkib topgan jamoa turinliklar maşinasiga qarşi tura olişini isbotlaşi kerak böladi. Ayni vaqtda milanliklarni turnir jadvalida 9 oçkolik farq bilan ortda qoldirayotgan «Yuventus» oxirgi 5 yilda törtinçi marta Superkubokni qölga kiritişni maqsad qilgan.

Turinliklar jamoasi Dohaga jarohati bor Leonardo Bonuççi, Rolando Mandragor va Dani Alvessiz kelgan. Milanliklar esa Davide Kalabriya, Rikkardo Montolivo va Matias Fernandes xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu jamoaga rahbariyat Superkubok finalidagi ğalaba uçun 1,5 million yevro mukofot va'da qilgan.

Kim nima dedi?

Vinçentso Montella, «Milan» boş murabbiyi: «Biz Dohadaligimiz mening xizmatlarim evaziga emas. Men buning uçun Sinişa Mixayloviç, Kristian Brokki va «Milan» safida ötgan mavsumda öynagan boşqa futbolçilarga minnatdorçilik bildirişim kerak. «Yuventus» – bu faqat Gonsalodan iborat jamoa emas. Ularning tarkibida dunyoning eng yoş yaxşi hujumçilaridan biri bölmiş Dibala ham bor. Higuainning 90 million yevroga olinganiga kelsak, bu talab va taklif qonuni doirasida amalga oşirilgan».

Gonsalo Higuain, «Yuventus» hujumçisi: «Yuventus»ga qarşi «Napoli» safida ötkazgan öyinimmi? Albatta eslayman! Menda faqat yaxşi xotiralar qolgan, axir men öşanda jamoam bilan uyga sovrin olib qaytgandim. Endi men «Yuventus» libosida öynayapman va bizni qiyin raqibga qarşi qiyin uçraşuv kutmoqda. Umid qilamanki, bu uçraşuv ğalaba bilan yakunlanadi. «Milan» – toşyonğoq. Şu mavsumdagi özaro öyin haqida gapirsam, Pyaniçning goli hisobga olinganida barçasi boşqaça keçgan bölardi, deb öylayman».