O‘zbekiston | 11:22 / 23.12.2016
7598
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

2016 yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlar rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a'zoligiga Qozog‘istonning saylanishi hisobga olingan holda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi vazirliklararo hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Suhbat davomida turli sohalardagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muloqotini yanada chuqurlashtirish, jumladan ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini kuchaytirishdan ikki davlat ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston pozitsiyalarining yaqinligi va muvofiq ekanligi ta'kidlandi.

Muzokaralarda Qozog‘iston Elchisi Yerik Utembayev ishtirok etdi.

Mavzuga oid