23 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyeyov, Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan Qozoğiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi. Bu haqda, prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Davlat rahbari mehmonni iliq kutib olar ekan, uning şaxsida Qozoğiston rahbariyati va qardoş xalqini Qozoğiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy qutladi. 

Bugungi kundagi işonçli va boy özbek-qozoq muloqoti ikki davlat va döst xalqlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob berişi hamda çuqur tarixiy ildizlarga egaligi va ikki tomonlama özaro hamkorlikning barça jabhasida rivojlanayotgani qayd etildi. 

Qozoğiston TIV rahbari samimiy qabul uçun minnatdorçilik bildirib, Prezident Nursulton Nazarboyevning Özbekiston Prezidenti va xalqiga samimiy qutlovlari va hurmatini yetkazdi. 

Yerlan Idrisov, şuningdek, Özbekiston Prezidentini prezidentlik saylovlaridagi işonçli ğalabasi bilan yana bir bor qutladi. 

Qabul çoğida qayd etilganidek, ikki mamlakat yaqin qöşni va vaqt sinovidan ötgan hamkorlar sifatida xavfsizlik va barqarorlik, barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va özaro rivojlanişdan hamda umuman, Markaziy Osiyo mintaqasining taraqqiy etişidan manfaatdordir. 

Şu ma'noda Qozoğistonning BMT Xavfsizlik kengaşining 2017-2018 yillardagi doimiy bölmagan a'zolari tarkibiga kirişi va buning Özbekiston tomonidan qöllab-quvvatlanişi, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlarini global miqyosda ilgari suriş böyiça yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. 

Muloqot çoğida özbek-qozoq aloqalari kun tartibida turgan keng qamrovli masalalar, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya sohalari böyiça fikr almaşildi. Xususan, Özbekiston va Qozoğiston mintaqadagi yirik savdo hamkorlar sifatida bu boradagi munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş, barça zaxiralardan foydalanişga tayyordir. 

Unda, şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşuvlar böldi.