23 dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Unda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi. Davlat rahbari öz nutqida mahalliy mutasaddilarni viloyatda köplab muammolar yiğilib qolgani uçun tanqid qilgan Xususan, eksport va investitsiyalarni jalb qiliş böyiça prognoz körsatkiçlari bajarilmagani ta'kidlab ötilgan.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Manbaning ma'lum qilişiça, Uluğbek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan.

U şu paytga qadar Vazirlar Mahkamasi qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Endilikda sobiq hokim Sayfiddin Umaroviç Ismailov esa Jizzax tumani (kelgusida Şarof Raşidov tumani) hokimi lavozimiga tayinlandi.
Qayd etiş kerakki, bu şu oyning özida beşinçi viloyatda hokim özgarişi böldi. Bungaça, Toşkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatida rahbar özgargandi. 3ta viloyat hokimi (Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro) öz lavozimlaridan tuman hokimligiga tuşirilgan.
Bugun Samarqand viloyatiga ham yangi hokim tayinlanişi kutilmoqda. Bu viloyatning sobiq hokimi Mirzayev Zoyir Toiroviç Qişloq va suv xöjaligi vazirligi rahbari etib tayinlangaç, hokimlik lavozimi böş qolmoqda.












