Yaponiyaning Tiba şahri poytaxt Tokiodan 40 km uzoqlikda joylaşgan. Hozirda million kişi yaşaydigan bu şaharda yangi uylar faol ravişda qurilmoqda. Bor-yöği ikki yildan keyin bu yerga 10 mingdan köproq kişi joylaşadi, ular uçun dronlar uçun qöniş joyi bilan jihozlangan baland binolar qurilmoqda. Uylar dronlar qöniş joylaridan taşqari, havoda harakatlanişning nozik tomonlariga örgatuvçi xodimlar va kerakli qurilmalar bilan jihozlanadi. Dronlar bilan işlay oladigan operatorlarni tegişli ravişda tayyorlaş uçun mahalliy ta'lim muassasalarida yangi ixtisoslikka talabalar qabul qilinmoqda.
Tiba meri dronlar yordamida mahsulotlarni yetkaziş keksa yoşli odamlar uçun yaxşi yeçim bölişi mumkinligi aytmoqda. Ulardan köpçiligi özlari dökonlarga borişga qiynaladilar, yengil va tezkor dron esa kerakli mahsulotlar, dori-darmon va buyumlarni töğri qariyalarning uylariga yetkazib berişi mumkin, deb xabar bermoqda Seeker.
Hammasi bölib birinçi partiyada 200 ga yaqin dron işlaydi. Ular şahar uzra uçib, odamlarga jönatmalar va xaridlarni yetkazib berişadi. Şahar ma'muriyatining ta'kidlaşiça, dronlarni qöllaş transport tizimiga tuşadigan yuklamani 40 foizga yengillaştirişga imkon beradi. Bundan taşqari, Tiba meri yangi tumanga sayyohlarni jalb qilmoqçi, axir Yaponiyadagi Olimpiadaga ham yaqin qoldi.












