KFC tamaddixonalar tarmoğining Xitoydagi bölimi va mahalliy internet-xolding Baidu mijozning yuziga qarab unga taom taklif qiluvçi qurilma bölgan "aqlli" restoran oçdi, deb xabar bermoqda TechCrunch.
Qurilma mijozning jinsi, yoşi va kayfiyatini aniqlay olib, söngra olingan ma'lumotlar asosida taom taklif qiladi. Misol uçun, qurilma 20 yoşli yigitga lançga tovuqli gamburger, qovurilgan tovuq qanotçalari va kola, 50 yoşli ayolga nonuştaga bötqa va soyali sut taklif qiladi.
Restoranga taşrif buyuruvçilar istasalar bu taklifni qabul qilişlari yoki buyurtmani özlari istagança berişlari mumkin böladi. Bundan taşqari, qurilma mijozlarni eslab qolib, ular keyingi safar kelganlarida avvalgi buyurtmani taklif qiladi.
KFC va Baidu bu texnologiyani bitta restoranda sinovdan ötkazmoqda, biroq u mijozlarga xuş kelsa, uni boşqa restoranlarga ham tatbiq qilişi mumkin.











