O‘zbekiston | 00:02 / 24.12.2016
25674
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lishi mumkin

Foto: Tengrinews

O‘zbekiston Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchi yetakchi davlat bo‘lishi mumkin, chunki Lotin Amerikasi va Afrikadan keltiriluvchi mahsulot sifat bo‘yicha ancha orqada. Bu haqda Moskvada Federatsiya kengashi va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari matbuot-anjumanida aytildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"O‘zbekiston o‘z salohiyatiga ko‘ra bizning bozorga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchi o‘nlab davlatlarning o‘rnini bosishi mumkin, shu bilan birga Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari mahsulotlaridan ancha ustunroq bo‘lgan mahsulotlarni. Buning uchun imtiyozlar yaratish kerak", deb aytdi Federatsiya kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi Vladimir Jabarov.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar a'lo sifatli bo‘lib, Yangiyo‘l tumani, Farg‘ona viloyati bu borada ilg‘ordir. "Biz ular bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ya olamiz, buning uchun katta salohiyat mavjud. Ular bizning aloqalarga katta qiziqish bildirmoqdalar", deb aytdi Jabarov.

Senatorning aytishicha, O‘zbekiston 2017 yilda MDH davlatlariga 1 mln tonnagacha meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 

MDH iqtisodiy rivojlanishi amaliy markaziy bosh direktori Vladimir Savchenko O‘zbekiston shuningdek maishiy texnika yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Ular faol rivojlanmoqdalar. O‘zbekiston bozorlarimizga kelmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar maishiy texnika yetkazib bermoqda, bundan tashqari, ular dunyo standartlarida qabul qilingandek, ularga xizmat ko‘rsatishni ham o‘z zimmasiga olmoqda", deb aytdi Savchenko.

 

Mavzuga oid