Rossiya barcha mamlakatlarning diplomatik idoralariga Davlat Dumasiga saylov kuni elchixonalar oldidagi namoyishlarni taqiqlashni soʻrab nota yubordi. Bu haqda Rossiya TIV saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Maksim Rayder maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu notalarda Moskva «saylov uchastkalarini himoya qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni, jumladan, saylov kuni namoyishlarni taqiqlashni» soʻragan. Tadbirlar ovoz berish xavfsizligiga aynan qanday tahdid solishi aniqlashtirilmagan.

Rossiya xorijiy davlatlar oʻz xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishiga umid qiladi, biroq oʻzi ham «qoʻl qovushtirib oʻtirmaydi», deb qoʻshimcha qildi Rayder.

IX chaqiriq Davlat Dumasi deputatlari saylovi uch kun – 18-sentabrdan 20-sentabrgacha boʻlib oʻtadi.