19 dekabr kuni Fransiya Taraqqiyot Agentligi Özbekiston Respublikasi bilan Samarqand şahrida qattiq maişiy çiqindilarni boşqarişni modernizatsiya qiliş böyiça loyihani moliyalaştiriş uçun umumiy summasi 23,5 mln. yevro bölgan Kredit kelişuvini imzoladi. Bu haqda Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi xabar bergan.

Mazkur moliyalaştiriş Örta Osiyo uçun Investitsion Jamğarma doirasida beriladigan Yevropa Ittifoqining 8 mln. yevro miqdoridagi subsidiyasi bilan töldiriladi. 

Loyiha Samarqand şahrida eng ilğor tajribalar va jahon andozalariga muvofiq maişiy çiqindilarni samarali va uzoq muddatli yaxlit boşqarişning yaratilişiga qaratilgan. Loyiha çiqindilarni boşqarişning (ayniqsa, 200 ta çiqindi yiğiş punktlarini quriş va ta'mirlaş, 70ta çiqindi yiğiş transportini xarid qiliş, qattiq maişiy çiqindilarni sortirovka qiliş markazi va ularni kömiş markazini, şuningdek axlatxonada ajraladigan biogazni qayta işlaş böyiça bioreaktor bölib işlaydigan uskunalarni örnatişni) öz içiga olgan barça işlarni va barça zanjirni, ularni yiğiş, qayta işlaş va utilizatsiya qilişni moliyalaştirişni qamrab oladi. 

Bundan taşqari, loyiha mutaxassislarni tayyorlaş, Samarqand şahar hokimiyatiga va çiqindilarni yiğiştirişga ixtisoslaşgan Maroqand Obod şahar korxonasiga institutsional yordam körsatiş, şuningdek aholiga maişiy çiqindilarni boşqarişga taalluqli ma'lumot beriş böyiça tadbirlarni ötkazişni öz içiga oladi. Loyiha böyiça közda tutilgan, maişiy qattiq çiqindilarni texnik kömiş markazi bioreaktor bölib, maksimal darajada biogaz işlab çiqariş maqsadida faoliyat körsatadi. Uşbu işlab çiqarilgan gaz çiqindilarni yiğiş transportlariga quyiladi. 

Mazkur yaxlit loyiha Özbekistonda, qolaversa butun Örta Osiyo mintaqasida birinçi hisoblanadi.
 
Uşbu loyiha Özbekistonda FTAning Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda amalga oşirilayotgan birinçi operatsiyasidir. U Fransiya va Özbekiston Respublikasi hukumatlari örtasida FTA va PRORARKO taşkil qiliş va ularning faoliyati töğrisida 2016-yil 8-dekabr kuni Hamburg şahrida imzolangan kelişuvning davomi böldi. 

Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) – bu Fransiya hukumati tomonidan belgilangan rivojlantiriş siyosatini amalga oşirib kelayotgan davlat moliya institutidir. Qaşşoqlik bilan kuraşiş va barqaror rivojlanişga kömaklaşiş FTAning vazifalari hisoblanadi.