Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinladi.

"Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi, 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengaşi qaroriga muvofiq Qobul Beknazaroviç Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin", deyilgan Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Yangi hokim bu lavozimda Erkinjon Oqbutayeviç Turdimov örnini egalladi. Turdimov 16 dekabr kuni Surxondaryo viloyatiga hokim bölgandi.

Tursunov bunga qadar Nurota tumani hokimi hamda Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan.

Qayd etiş kerakki, bu şu oyning özida yettinçi viloyatda hokim özgarişi böldi. Bungaça, Toşkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida rahbar özgargandi. 4ta viloyat hokimi (Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro va Jizzax) öz lavozimlaridan tuman hokimligiga tuşirilgan.