Hayotining 31 yilini birovning sodir etgan jinoyati uçun panjara ortida ötkazgan Tennesi (AQŞ) fuqarosi DNK-sinovi tasdiqlanmaganidan söng ozodlikka çiqarildi. Şunisi qiziqki, aybsiz aybdorga atigi 75 dollar miqdoridagi kompensatsiya tölandi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Lourens MakKinni 1977 yilda Tennesi ştati Memfis sudi binosida özi yaşaydigan hududdagi ayolga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda ayblanib, 115 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Öşanda 22 yoşli MakKini öz xonadoni yaqinida röy bergan jinoyatda ayblangandi. 

Qamoq devorlari orasida ötgan uç ön yillikdan keyin ayolning çoyşabidagi DNK-tahlillar natijasi MakKinining bu jinoyatga aloqasi yöqligini isbotladi. Keyinçalik unga nisbatan qözğatilgan ayblovlar olib taşlandi va anglaşilmovçilik natijasida hibsga olingan MakKini 2009 yilning 20 iyulida, 31 yillik qamoq jazosidan söng ozodlikka çiqarildi. 

Unga atigi 75 dollar kompensatsiya tölangan, bu heç narsaga yetmagan, çunki u hatto rasmiy röyxatdan ötmagandi. 

Öşandan buyon MakKini rasman javobgarlikdan ozod qilinmagan, zero Kengaş uning aybsizligi uçun dalillar yetarli emas, deb hisoblagan. 

MakKini Tennesi ştatidan real kompensatsiyaga ega böliş uçun javobgarlikdan ozod qilişni talab qilmoqda. Şunday bölgan taqdirda, u 1 million dollargaça miqdorda kompensatsiya oliş huquqini qölga kiritadi. 

"Anglaşilmovçilik tufayli qamoq jazosiga hukm qilingan şaxsning kompensatsiya olmasligi adolatdan emas", - deydi MakKinining advokati Jyek Louri.