Çili sohillari yaqinida 7,6 magnitudali kuçli zilzila yuz berdi, deb xabar bermoqda Yevropa Örta yer dengizi seysmologik markazi (ESCM). Bu vaqtda AQŞ geologik xizmati zilzila magnitudasi 7,7 bölganini ma'lum qildi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 11.22da qayd qilingan, uning markazi Puerto-Kelon şahridan janubi-şarqiy tomon 26 km uzoqlikda bölgan. Zilzila öçoği 40 km çuqurlikda bölgan.
Tinç okeani sunamilardan ogohlantiriş markazi mutaxassislari Çili sohillari yaqinida tölqinlar paydo bölişi mumkinligini e'lon qilişdi. Gap zilzila markazidan ming kilometr radiusdagi hudud haqida ketmoqda.
AQŞ markazi Çilidagi zilzila sababli Gavayi orollariga sunami xavfi yöqligini ma'lum qilgan.












