Maşhur uçuvçisiz qurilmalarning aksariyati yengil bölib,  haddan taşqari oğir yuk taşişga möljallanmagan. Harbiy dronlar bundan istisno, albatta. Biroq Norvegiyaning Griff Aviation işlab çiqaruvçisining Griff 300 droni - mutlaqo boşqaça. Öz vazni 75 kg bölişiga qaramay, u 225 kilogrammgaça yukni havoga kötara oladi.  Bu haqida newatlas.com saytida xabar berildi.

Qurilmadan baland inşootlarga xizmat körsatiş, örmon yonğinlari bilan kuraşiş va qidiruv-qutqaruv işlarida foydalaniş mumkin. Bundan taşqari, işlab çiqaruvçining işontirişiça, dron - kamşovqin. Şu bois u milliy parklar  hududlarida va qöriqxonalarda uçişi mumkin. Yevropa parvozlar xavfsizligi agentligi (EASA) va Fuqarolar aviatsiyasi federal boşqarmasi (FAA) dron ekspluatatsiyasiga ruxsat bergan.  

Yuk droni oktokopterlar toifasiga kiradi. Uning harakatlanişiga şaxsiy elektromotorlari bölgan 8 propeller mas'uldir. Örnatilgan akkumulyator 30-45 daqiqali parvozlarga yetadi, bu yukning oğirligi va parvoz rejimiga ham boğliq. Griff 300 radiotölqinli pult orqali boşqariladi. 

Şuni ta'kidlaş joizki, Griff 300 odam taşişga möljallanmagan, lekin işlab çiqaruvçi kelajakda 800 kilogrammgaça yuk kötara oladigan, yölovçilar kabinasiga ega Griff 800 uçuvçisiz transport qurilmasini yaratişni rejalaştirmoqda. Yangi dronning qaçon namoyiş etilişi va uning bahosiga oid ma'lumotlar berilmagan.