«Mançester Siti» jamoasi boş murabbiyi Xosep Gvardiola Marca naşri jurnalistiga bergan intervyusida Boxing Day haqida gapirib ötdi.

Gvardiolaning murabbiylik faoliyatida ilk marta bunday tiğiz grafik böladi, uning jamoasi Angliyadagi barça jamoalar kabi 8 kun içida 3 öyin ötkazadi.

«Boxing Day kelişini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

Men köp öyinlarni kördim. «Hall» – odatdagi jamoalardan emas. David Silva meni oldindagi kunlar oson keçmasligi haqida ogohlantirdi», degan ispaniyalik mutaxassis.

Gvardioladan Messi va Ronaldu haqida ham söraşgan.

«Men Luis Enrike bilan bir xil fikrdaman. Leo – eng zöri, çunki u nafaqat maydonda yuguradi, vaziyatlar yaratadi, gollar uradi, u öz jamoadoşlariga qanday yordam körsatişni yaxşi biladi.

Men Kriştianu Ronalduni qattiq hurmat qilaman, u yuqori saviyali futbolçi, ammo Messi butunlay boşqa darajadagi futbolçi», degan Gvardiola.

26 dekabr kuni «Mançester Siti» «Hall Siti»ga qarşi öynaydi, 31 dekabr kuni «Liverpul», 2 yanvar kunni esa «Byornli»ga qarşi öyinlar ötkaziladi.