Hindistonda Agni-V rusumli jangovar yadroviy kallakni elta oladigan qit'alararo raketa sinovdan ötkazildi. Bu haqda Times of India naşri yozmoqda.
Raketa Bengal körfazidagi Abdul Kalam orolida barpo etilgan poligondan uçirilgan. Hind harbiylarining uqdirişlariça, raketa yeta olişi mumkin bölgan eng uzoq masofaga uçirilgan (aniqlik kiritilmagan) va jangovar safga qöyiladigan namunada sinab körilgan.
Şu bilan birga, bu Agni-V raketasining törtinçi marotaba sinab körilişidir. Ularning barçasi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Agni-V raketasining aniq texnik xususiyatlari ma'lum emas. Uç bosqiçli, qattiq yoqilğida parvoz qiladigan raketaning uzunligi 17,5 metr bölib, vazni 50 tonnaga yaqin. U 1,5 tonnalik foydali yukni elta oladi. Uçiriş qurilmasi köçma bölib, Tatra avtomobili negizida barpo qilingan.
Hindiston harbiylarining sözlariga köra, Agni-V Xitoyning şimoliy tumanlariga yeta oladi. U 5500-5800 kmga yeta oladi, deb hisoblaniladi. Biroq, xitoylik ekspertlar, uni 8 ming kmga parvoz qila olişini taxmin qilişadi.












