
K-seriyadagi tört yangi smartfon, şuningdek Stylus3modeli örtaça narxdagi qurilmalar maşhurligi oşib borayotgan şaroitlarda taqdim etildi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Las-Vegasda bölib ötgan CES®2017 (Consumer Electronics Show-2017) körgazmasida örtaça narx segmentidagi K-seriyali tört yangi model va Stylus3 smartfonini namoyiş qildi. Yangi qurilmalar 120 darajali tasvir burçagiga ega keng burçakli old kamera va orqa paneldagi barmoq izlari skaneri kabi flagman modellarning taniqli va eng yaxşi texnologiyalarini taqdim etiş maqsadida işlab çiqilgan.
LĞning bir qator K-seriyali qurilmalari turli iste'molçilarga turli funksiyalar kerakligi töğrisidagi ğoyani qöllab-quvvatlaydi. LG mutaxassislari bir modelni işlab çiqarib, unga iste'molçilarning könikişini poylaşning örniga foydalanuvçilarning turli xil ehtiyojlarini inobatga oluvçi butun bir seriyani işlab çiqarişdi.

K10 smartfoni 5,3 dyuymli, In-cellTouch texnologiyasini qöllovçi HD-displey bilan ta'minlangan, bu nafaqat inşoot içida, balki uning taşqarisida ham ajoyib tasvir sifatini yetkazib beradi. 5 megapikselli old kamera asosiy, bundan avval G-seriya smartfonlarida qöllangan 13 megapikselli kamerani a'lo darajada töldirib turadi. Odatda örtaça narxdagi qurilmalarda kuzatilmaydigan funksiyalar orasida barmoq izlari skaneri, 7,9 mm'li yupqa va mustahkam korpus uçun asos bölib xizmat qilgan “U” harfi şaklidagi metall ramka va botiq 2,5 D-şişani alohida qayd etiş mumkin.
K8 smartfoni 5 dyuymli HD-displey va In-cellTouch texnologiyasi bilan ta'minlangan. Surat va videolarning yuqori sifatini 5 megapikselli old va 13 megapikselli asosiy kameralar ta'minlaydi. Model foydalanuvçilarga yaxşi taniş bölgan avtoselfi va qöl işorasi bilan tasvirga oliş funksiyalariga ega. Avtoselfi rejimi kadrdagi yuzni suratga olişda old kamera funksiyasini avtomat ravişda faollaştiradi, qöl işorasi bilan tasvirga oliş funksiyasi esa tegişli qöl işorasidan keyin tugmaga bosmasdan selfi qiliş imkonini beradi.
K4 modelida In-cellTouch texnologiyali 5 dyuymli displey, şuningdek 5 megapikselli old va asosiy kamera örnatilgan. K4 smartfoni yupqa korpusi va 2 500 mAç'li olinuvçi akkumulyatori hamda qurilma xotirasini uzaytirişga imkon beruvçi micro SD kartaga möljallangan slot bilan diqqatga sazovordir.













