Somali hukumati prezident saylovlari ötkazilişini 4-marotaba qoldirdi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press axborot agentligi. 

Prezident saylovlari 28 dekabrda ötişi kerak edi, biroq manba ma'lumotlariga köra, u 24 yanvarda bölib ötadi. Yangi prezidentni saylaşi kerak bölgan mamlakat parlamenti 28 dekabrda qasamyod qabul qiladi. 

Somali respublikasi 1991 yilda Siad Barre diktatorlik hokimiyatining qulaşi bilan yagona davlat sifatida mavjud bölişdan töxtagan. Xalqaro hamjamiyat poytaxt Mogadişo va uning atrofidagi bir qator tumanlarni nazorat qiluvçi federal hukumatni mamlakatdagi yagona qonuniy hokimiyat deb tan oladi. Mamlakatning qolgan qismlari tan olinmagan davlat tuzilmalari nazoratida yoki özini boşqaruvçi hududlar hisoblanadi. Somalining janubi va şimoli-şarqidagi ba'zi tumanlarda mahalliy qabilalar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi.