Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Fransiyada yaşovçi yahudiylarni bu mamlakatni tark etişga çaqirdi, deb xabar bermoqda Haaretz naşri.

"Fransiyada yaşovçi yahudiylarga, ehtimol, "Bu sizning davlat, sizning yer emas, Fransiyadan keting va Isroilga keling" deyiş vaqti keldi", deb aytdi Liberman "Bizning uy Isroil" partiyasi yiğilişida.

Vazirning sözlari 2017 yil 15 yanvarga belgilangan, Yaqin Şarqdagi tinçlik böyiça xalqaro anjuman bilan boğlangan. Bu anjuman uning taşabbusçisi Fransiyada ötkaziladi. Anjumanda 70 ga yaqin davlat va xalqaro taşkilotlar iştirok etişi kerak. 

Libermanning aytişiça, yahudiylarning Fransiyadan ketişi "bu fitnaga qarşi yagona javobdir", anjumanning özi esa "Isroil davlatiga qarşi tribunaldir".

Uning aytişiça, anjumandan asl maqsad "Isroil davlati xavfsizligiga putur yetkaziş va uni yomonotliq qiliş" hisoblanadi.