Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik işlari böyiça viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar raislari, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengaşi a'zolari, Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas'ul xodimlari, huquqşunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Plenum majlisida muhokama etilgan “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplaşga oid qonunçilikni qöllaş böyiça sud amaliyoti töğrisida”, “Jinoyat işlari böyiça sud qarorlarini ijro etişga oid qonunlarni qöllaş amaliyoti töğrisida” va “Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi Oliy sud Plenumi qarori loyihalari ham mohiyat-e'tibori bilan inson huquq va erkinliklarini ta'minlaşga qaratilgan bölib, sudlar bu sohadagi qonun hujjatlarini aniq va bir xilda qöllaş orqali yagona sud amaliyotini şakllantirişga xizmat qiladi.
Plenum yiğilişida muhokama etilgan “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplaşga oid qonunçilikni qöllaş böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi qaror loyihasi amaldagi qonunçilikka özgartiriş va qöşimçalar kiritilgani, bu qonun hujjatlarini töğri qöllaş borasida sud amaliyotida muayyan muammolar kelib çiqayotganligi bois işlab çiqildi.
Qaror loyihasida suriştiruv, tergov organi va sudlarga jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplaş asoslari va tartibiga oid qonunçilik talablariga oğişmay amal qiliş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilgan.
Bundan taşqari Oliy sud Plenumi yiğilişida “Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi. Uşbu qarorning qabul qilinişi ham, şubhasiz, sudlar va jazoni ijro etiş organlari uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu kunga qadar jazoni ötaşdan muddatidan ilgari ozod qiliş va jazoni yengilroği bilan almaştiriş bilan boğliq iltimosnomalarni tartibga soluvçi biron-bir me'yoriy-huquqiy hujjat mavjud emasdi. Mazkur qarorning qabul qilinişi amaliyotdagi huquqiy böşliqni töldirib, bu borada yuzaga kelayotgan masalalarni amaliy hal etiş imkoniyatini yaratadi.
Şuningdek, Oliy sud Plenumi yiğilişida “Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.











