2016 yil 27 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xöjalik sudi Plenumlarining qöşma majlisi bölib ötdi. Unda Oliy Majlis Senati a'zolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, Oliy sud va Oliy xöjalik sudi sudyalari, fuqarolik, jinoyat va xöjalik işlari böyiça viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar raislari, huquqşunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oşiriş jarayonida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xöjalik sudi örtasida mustahkam amaliy hamkorlik yölga qöyilgani qayd etib ötildi.
Qöşma yiğiliş muhokamasiga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xöjalik sudi Plenumining ayrim qarorlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlaştiriş maqsadida “Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining qöşma qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qaror loyihasi kiritilgan bölib, u körib çiqildi.
Masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.











