Engadget naşri 2016 yilning eng yomon gadjyetlari röyxatini taqdim etdi. Joriy yilda juda köp muhokamaga sabab bölgan Samsung Galaxy Note 7 smartfoni, şubhasiz, uşbu röyxatdan örin oldi. 

Yilning eng yomon gadjyetlari röyxatiga şuningdek sensor klaviaturasida işlaş qiyinçilik tuğdiruvçi Lenovo Yoga Book ham kiritilgan. Bundan taşqari, haddan ziyod qimmatbaho "aqlli" Tag Heuer Connected soatlari ham mazkur röyxatda qayd etilgan. 

"Bema'ni" "aqlli" Vinci quloqçinlari, Snapchat messenjerining barça "irqçi" filtrlari, bozorda atigi 16 kungina bölgan GoPro Karma droni, iPhone 7 quloqçinlari adapteri hamda faqat "nomigina flagman bölgan" Sony Xperia X Performance smartfoni - yilning eng yomon gadjyetlari deb topildi.