AQŞ va Yaponiya harbiy baza xodimlari immunitetini jinoiy ta'qibdan çeklaşga doir kelişuvni imzolaşadi. Bu haqida Japan Today naşri xabar berdi. 

Joriy yilning yozida Yaponiyada ayol kişining ölimi qayd etilganidan keyin ikki mamlakat hukumati yapon hukumati jinoiy ta'qibidan immunitet taqdim etiluvçi Amerika harbiy bazalari xodimlarining maqomini muvofiqlaştira boşladi.

Yaponiya taşqi işlar vaziri tomonlarning muzokaralar davomida "harbiy bazaning fuqarolik personali" tuşunçasini muvofiqlaştirgani haqida ma'lum qildi. Şuningdek u amerikaliklar bilan kelişuvni Obamaning prezidentlik muddati tugamasidan imzolaşga umid qilmoqda. Uning sözlariga köra, insonning aniq yuridik maqomi va u haqidagi töliq ma'lumot kelajakda jinoyatlar sonini qisqartirişga imkon beradi. 

Bundan avval OAVda şu yilning may oyida Okinavada AQŞ harbiy bazasi xizmatçisi 20 yoşli qizning nomusiga tajovuz qiliş va öldirişda ayblanib, hibsga olingani haqida yozgilgandi. Bu voqea şusiz ham amerikalik harbiylarning orolga joylaşuvi tufayli muntazam ravişda norozilik aksiyalarini taşkillaştiruvçi aholi orasida ommaviy noroziliklar tölqinini keltirib çiqardi.

Uşbu hodisa Vaşington va Tokio örtasidagi "AQŞ harbiy bazalarining xodimlari"ga doir muzokaralar jarayonini tezlaştirdi. Natijada tomonlar mahalliy aholidan işga olingan fuqarolar (jinoyatni sodir etgan kişi kabi) "Qöşinlar maqomi töğrisida"gi kelişuvga muvofiq imtiyozlarga ega bölmasligini tasdiqlaşdi. 

Ikki tomonlama kelişuv doirasida Yaponiya hududida 50 mingga yaqin amerikalik harbiy joylaştirilgan, ularning yarmidan köpi Okinavada. 

1960 yilda imzolangan "Qöşinlar maqomi töğrisida"gi kelişuv Amerika harbiy bazalarining şaxsiy tarkibi va xizmatçilarini Yaponiya hukumati tomonidan jinoiy ta'qibga nisbatan immunitet bilan ta'minlaydi.