Amerikaning Vanderhall kompaniyasi «arzon» uç ğildirakli Venice avtomobilini taqdim etdi. Karbonli kuzovga ega maşina şassisi alyuminiydan yasalgan bölib, unga General Motors dvigateli örnatilgan. Uning narxi 29 ming 950 dollardan boşlanadi. Bu esa, firmaning ilk trisikli Laguna modelidan 20 ming dollarga arzonroqdir. Sportkar Laguna trisiklining alyuminiy şassisida barpo etilgan bölib, vazni 623 kilogrammni taşkil etadi. 

Vanderhall Venice 1,4-litrli, 200 ot kuçiga ega turbomotor joylangan. U 6 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda işlaydi. Trisikl beş soniyada “yuz”ga çiqa oladi. Trisiklning eng yuqori tezligi 210 kilometrni taşkil etadi. 

Uç ğildirakli sportkarga ABS tormoz tizimi, sovuq kunlarda isiydigan örindiqlar, Bluetooth stereotizimlariga ega. Kuzovning orqa qismida 75 litr hajmdagi unça katta bölmagan yukxona ham bor. 

Vanderhall firmasi Venice modelidan taşqari, Laguna sportkarini ham taklif etadi. Uning narxi 49,9 ming dollardan boşlanadi.