Yaponiyaning şarqiy qirğoqlarida 6,3 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi, deb xabar beradi Reuters.

Ta'kidlanişiça, yer silkinişi markazi Ibaraki prefekturasining şimoliy qismida joylaşgan. Zilzila öçoği 10 kilometrlik çuqurlikda joylaşgani xabar qilindi.

NHK telekanali ma'lumotlariga köra, Mito şahri aholisi yer silkinişini beş soniya davomida his etgan.

Ayni damda vayronalar va halok bölganlar haqida ma'lumot yöq.