Foto:LG

LG tomonidan işlab çiqilgan havoda muallaq turuvçi ixçam kolonka göyoki sehrli tarzda havoda suzayotgandek taassurot uyğotadi. Şu bilan birga, u ajoyib va sifatli sadolarni aks ettiradi. 

SeUL, 2016 yil 27 dekabr. LG Electronics (LG) kompaniyasi elektronika sohasida istiqbolli texnologiyalar uçun tengsiz sinov maydoni bölib borayotgan CES® 2017 körgazmasida özining futuristik, portativ, muallaq turuvçi kolonkasi (PJ9 model)ni namoyiş etadi. Yangi simsiz ovozkuçaytiruvçi qurilma maxsus taglik ustida parvoz qiliş bilan kişini hayratga soladi, şu bilan bir vaqtda, ajoyib sifatli ohangni ta'minlaydi, uning yodda qoluvçi dizayni foydalanuvçilarda iliq taassurot qoldiradi. Uşbu köpburçakli qurilma ğaroyib taşqi körinişiga qöşimça ravişda musiqa, podkast va boşqa audiomahsulotni bino içida ham, taşqarida ham özgarişsiz va uzluksiz ijro eta oladi. 

PJ9 modelining hayratlanarli vizual effektiga taglikka örnatilgan öta kuçli elektromagnitlar evaziga erişiladi. Aynan ular kolonkaning simsiz va biror yuzaga tegmasdan işlaşini ta'minlaydi. Qurilma negizida – 360o hajmli dinamik bölib, taşqi körinişidan turbinani yodga soladi. U taglikka örnatilgan sabvufer evaziga basni kuçaytiriş imkoniga ega. PJ9 modelida, şuningdek, Dual Passive Radiator texnologiyasi ham qöllaniladi, u bir xil örta va keskin yuqori ohanglarni sifatli aks ettirişga yordam beradi. 

Foto: LG


Kolonkaning uzluksiz 10 soat işlaşga möljallangan akkumulyatori quvvati kamayganda, «aqlli» qurilma avtomatik ravişda simsiz quvvat oliş uçun taglikka tuşadi. Bunda foydalanuvçining iştiroki talab etilmaydi, musiqa ohanglari ham töxtab qolmaydi. PJ9 modelining suvga çidamli ekani IPX7 himoya qobiği me'yoriga mos kelgani sababli, noqulay ob-havo şaroitlarida ham işlaş imkonini beradi. Qurilma qulayligi va imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Multipoint texnologiyasidan foydalanilgan. Buning natijasida u Bluetooth orqali ikkita qurilmaga ulanişi mumkin. 

«Bizning premium toifa simsiz audioqurilmalar qatoridagi sönggi mahsulot özining ajoyib dizayni bilan nafaqat köpçilik e'tiborini tortadi, balki LG kompaniyasining haqiqatdan ham boşqa mahsulotlardan jiddiy farq qiluvçi qurilmani taqdim etiş niyatini isbotlaydi, – deb hisoblaydi LG kompaniyasining Home Entertainment bölimi prezidenti va boş direktori Brayan Kvon (Brian Kwon). – Biz butun dunyodagi iste'molçilar uçun yuqori texnologiyali audioqurilmalarimizda innovatsion dizaynerlik yeçimlarini joriy qiliş va yangi konsepsiyalarni qidiriş bilan jiddiy şuğullaniş niyatidamiz. PJ9 modeli bugungi kunda uşbu urinişning sönggi isboti bölib xizmat qiladi».