Xitoyning Gionee kompaniyasi yangi M2017 smartfonini taqdim etdi. 

Uskuna noodatiy dizaynga ega bölib, timsoh terisidan qilingan qoplamaga, şuningdek metall ramka va yoqutli oynaga ham ega. M2017 quvvati 7000 mAs. bölgan superakkumulyator bilan jihozlandi.

Gionee’ning xabar berişiça, bir marta oldirilgan quvvat tinmay sözlaşganda 32 soatga va töxtovsiz video tomoşa qilganda 26 soatga yetadi. 

Uskuna 5,7 dyuymli egilgan ekranga ega bölib operativ xotirasi 6 Gb.ga teng. Doimiy xotirasi esa: 128/256 Gb. Ikkita asosiy kamera 12 va 13 Mp. Qöşimça kamera esa 8 Mp.ga teng. Smartfon Android 6.0 Marshmallow dasturiy tizimida işlaydi.

M2017’ning metall korpusdagi nusxasi narxi 6999 yuandan boşlanadi. Timsoh terisidan bölgan qoplama va 256 GB xotiraga ega uskuna esa 16 999 yuan turadi.