Stenford universiteti olimlari xalqaro guruhi dunyodagi eng ingiçka sim yaratişdi. Ular buning uçun olmos kristall panjarasining eng kiçik strukturaviy birligi – almazoiddan foydalanişdi. Bu haqda Nature Materials jurnali ma'lum qildi.

Bor-yöği uç atom qalinlikdagi sim ikkita: ötkazuvçi va izolyatsiyalovçi qismdan iborat. Ötkazuvçi qismni oltingugurt va mis birlaşmasi – xalkogenidlar, izolyatsiyalovçi qismni almazoidlar taşkil qiladi. Tadqiqot mualliflari sim ölçamlariga e'tibor qaratib, bir va ikki ölçamli materiallar ularni fazoviy materiallardan farqlovçi bir qator xususiyatlarga egaligini ta'kidlaşdi. 

Olimlar fikriça, ularning ixtirosi optoelektronika, öta ötkazuvçilar va elektr energiya yaratuvçi materiallarni yaratişda foydali bölişi mumkin. Almazoidlar hozirda elektron mikroskoplar va kiçik elektron qurilmalar yaratişda qöllanadi.