Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rossiya soliq rezidenti maqomiga qaytişi mumkin. Bu holat uning Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimidan ketganidan söng röy beradi, deb xabar qildi tadbirkor "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida.

Usmonovning aytişiça, u hozirda "xalqaro xizmat safarida bölgan Rossiya soliq rezidenti"dir. "Men hozir bizning federatsiyamiz byurosi va federatsiyamiz qarorgohi röyxatdan ötkazilgan joydaman. Bu Şveytsariya emas. Men federatsiya prezidenti bölgan vaqtda  u yerda yaşaşga majburman. Men u yerda bölişim kerak. Qolgani esa miş-mişlar", deb aytgan Usmonov.

Milliarder xayriya işlariga yönaltiradigan mablağlari hajmi uning soliq tölovlaridan bir neça marta kattaligini aytdi. "Şuning uçun men bu borada hotirjamman. Vijdonim toza. Ayniqsa, vatanim oldida. Sen özingni aslida kim ekanligingni his qilişing eng asosiysidir. Men Rossiya fuqarosiman. Va albatta, mening bu lavozimdagi muddatim yakunlanişi bilan, agar meni tuğilgan vatanimga (Özbekistonga) çaqirişmasa, men Rossiya soliq rezidentligiga qaytaman", deb ta'kidlab ötdi Usmonov.

Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. Joriy yil noyabrida uning bu lavozimdagi vakolatlari navbatdagi 4 yillik muddatga uzaytirildi.

Oktyabrda USM xoldingi Usmonov Rossiya soliq rezidenti  bölişdan töxtaganini ma'lum qilgandi. Rossiya qonunçiligiga köra, bir yil davomida Rossiyada 183 kundan kam bölmagan şaxslar Rossiya rezidentlari deb tan olinadi.

USM’da ta'kidlanişiça, Usmonov hozirda operatsion faoliyat bilan şuğullanmaydi va bor e'tiborini sport, xayriya va sahovatpeşalikka qaratgan. Şu va tibbiy sabablarga köra, Usmonov 2015 yilda Rossiyada rezident böliş uçun talab qilingan miqdordagi kunni ötkazmagan.

Usmonovning yirik biznesi Kiprda röyxatdan ötgan USM Holdings bölib, tadbirkorning undagi uluşi 48 foizga teng. Xoldingning boşqa aksiyadorlari Vladimir Skoç (30 foiz) va Farhod Moşiriy (10 foiz) tuzilmalari sanaladi.

Ma'lumot uçun, USM Holdings – yirik xalqaro kompaniya bölib, tarkibiga "Metalloinvest", "Megafon", Mail.ru Group, şuningdek "YuTV Xolding" kiradi.

Rossiyada esa 2015 yilning boşida nazorat qilinuvçi xorijiy kompaniyalar haqida qonun kuçga kirdi. Unga köra, rossiyaliklar bunday kompaniyalarda 10 foizdan ortiq uluşlari bölsa, bu haqda soliq idoralarini xabardor etişlari kerak.

Rossiyalik soliq rezidentlari butun dunyo böylab olingan daromadlardan, rezident bölmaganlar esa faqatgina Rossiyadagi manbalardan olingan foydadan soliq tölaşadi.