NEOWISE missiyasi astronomlari Yerga yaqinlaşib kelayotgan ikkita obektni aniqlaşdi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.

Birinçi obekt - C/2016 U1 NEOWISE kometasi Quyoşga yaqin bölgan hamda Merkuriy orbitasi içida joylaşgan nuqtaga 14 yanvar kuni yetib keladi. Osmon jismi 2016 yilning 21 oktabr kuni oçilgan.

2016 WF9 nomli ikkinçi obekt asteroid yoki çangsiz bulutga ega bölmagan kometa Yer orbitasiga 25 fevral kuni yetib keladi. U sayyoradan 51 million kilometrlik masofada böladi. 2016 WF9 diametri 1 kilometrga teng. Obekt 2016 yilning 27 noyabr kuni röyxatdan ötkazilgan.

Har ikki osmon jismi sayyoraga xavf tuğdirmaydi. Obektlar NEOWISE (NEO Wide-Field Infrared Survey Explorer) missiyasi doirasida oçilgan.