Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mixael Shumaxerning salomatligi tiklanishi uchun 14 million funt sterlingga yaqin mablag‘ sarflandi
Germaniyalik mashhur avtopoygachi Mixael Shumaxerning uch yil ichida davolanish xarajati 14 mln funt sterlingga yaqinlashdi. Bu haqda Mirror nashri yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, bir haftalik tibbiy davolanish Shumaxer uchun 115 ming funtga tushmoqda. U o‘tgan uch yil ichida salomatligini tiklash uchun umumiy hisobda 13,8 mln funt sterling sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning dekabr oyida Fransiyaning Merilbele tog‘li kurortida Shumaxer chang‘i uchayotgan vaqtida jiddiy jarohat olgan edi. Poygachi ko‘p qon yo‘qotish va miyaning yarim shariga zarar yetkazilgan bosh suyak-miya jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgandi. 2014 yilning sentabr oiyda u o‘zining Shveytsariyadagi villasiga yotqizilgan, o‘sha yerda sog‘lig‘i biroz jonlangandi. Ammo shundan beri uning salomatligi borasidagi yangiliklar kamnamo bo‘lib qolgandi.
Mavzuga oid
18:50 / 29.06.2026
Porsche yangi 911 GT4 R poyga avtomobilini taqdim etdi
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026