“Germaniya uçun muqobillik” (AfD) Saksoniya-Alxalt parlamentida örinlarning 44,5 foizini qölga kiritdi. Hokimiyatdagi kansler Mersning Xristian-demokratlar ittifoqi partiyasi esa bor-yöği 18,5 foiz örin egalladi. “Germaniya uçun muqobillik” partiyasi, agar yana 2-3 deputatni öz tomoniga oğrida olsa yoki biron bir partiya bilan koalitsiya tuza olsa, mahalliy hokimiyatni töliq şakllantira oladi.
Germaniya – Yevropa Ittifoqidagi aholi soniga köra, iqtisodiy uluşiga köra, yalpi içki mahsuloti va siyosiy vazniga köra eng yirik, eng muhim davlat. Yevropa Ittifoqining rivojlaniş yölini belgilaşda aynan Germaniya va Fransiya katta rolga ega.
Endi, bir vaqtlar birinçi va ikkinçi jahon uruşlariga sababçi bölgan, millatçilik va natsizmning öçoği bölgan Germaniyada, yana aşaddiy millatçilarning mahalliy hokimiyatga kelişi – katta şokka, köplab savollarga sabab bölmoqda.
Nima uçun Saksoniya-Anxelt viloyati aşaddiy millatçilarga ovoz berdi? Bu yerda uçta yönalişdagi noroziliklarni kuzatiş mumkin.
Birinçisi, ijtimoiy protest. Saksoniya-Anxelt viloyati şarqiy Germaniyada, sobiq GDR hududida joylaşgan. Ğarbiy Germaniya viloyatlariga qaraganda iqtisodiy rivojlaniş nisbatan pastroq, zavod-fabrikalar kamroq, işsizlik nisbatan yuqoriroq. Şunday bölsa-da, Germaniyaning eng kam rivojlangan viloyati ham Yevropa Ittifoqidagi boşqa davlatlarga qaraganda ança rivojlangan bölişi aniq. Yaʼni bu viloyat aholisi “Germaniya uçun muqobillik” partiyasiga ovoz berişda, özlarining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini Germaniyadagi eng rivojlangan viloyatlar bilan taqqoslagani kuzatiladi.
Ikkinçisi, madaniy protest. Saksoniya-Anxelt viloyati aholisi sörovlarda migrantlarga, emigrantlarga qarşi ovoz berganini bildirişgan. Misol uçun, “Men "Germaniya uçun muqobillik" partiyasiga ovoz berdim, çunki keçalari köçaga çiqqani qörqib boşlagandim, endi bu partiya Saksoniya köçalarida xavfsizlik örnatişiga işonaman” deganlar bölgan. Aslida, Germaniya viloyatlari içida Saksoniya-Anxeltda migrantlar soni eng kam bölgan viloyat hisoblanar ekan – umumiy aholining 8 foiziga yetmas ekan. Şunday bölsa-da, bu viloyat aholisi ksenofobiya va madaniy protest sabab, ultra öng partiyaga ovoz berdi.
Uçinçisi, geosiyosiy protest. “Germaniya uçun muqobillik” partiyasining eng katta taşqi siyosiy ğoyalaridan biri – Rossiya bilan yaraşiş, Rossiyadan arzon gaz va neft sotib olişni qayta yölga qöyiş.
Maʼlumki, Rossiya-Ukraina uruşi boşlangaç, Yevropa davlatlari Rossiyadan gaz va neft sotib olişni töxtatdi. Unga qadar Rossiya gazi Germaniyaga kelayotgan gazning yarmidan köpini taşkil qilar edi. Yaʼni Germaniya iqtisodiyoti Rossiyaning nisbatan arzon gazi va nefti hisobiga yaxşigina ösiş qilayotgan edi. Umuman, “Germaniya uçun muqobillik” partiyasi, Yevropadagi boşqa aşaddiy öng partiyalar, kuçlar kabi, Yevropaning AQŞdan masofa saqlaşi, geosiyosiy mustaqil bölişi, Rossiya hamda Xitoy bilan yaqinlaşişi tarafdori. “Germaniya uçun muqobillik” partiyasi Saksoniya xalqiga oddiy vaʼdalar berdi, jumladan, “bizga ovoz bering, biz hokimiyatga kelsak, Rossiyadan arzon gaz va neft sotib olamiz va iqtisodiyotimiz yana jadal ösib boşlaydi” dedi. Va bu vaʼdalar iş berdi. Biroq, maʼlumki, vaʼda bilan real vaziyat örtasida farq bor. Berilgan vaʼdalarni bajariş oson bölmaydi. Çunki vaziyat har doim juda çigal böladi.












