30 dekabr kuni Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining navbatdan taşqari anjumani bölib ötdi. Unda mazkur taşkilotning hududiy bölinmalaridan vakillar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdi. Anjumanda uyuşmaning ötgan 3 yillik faoliyati atrofliça muhokama etildi.

Özbekistonda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasi milliy jurnalistikaning jamiyat hayotidagi ta'sirini yanada oşirişga imkon yaratmoqda. 

Kontseptsiya doirasida fuqarolarning axborot erkinligiga doir huquq va manfaatlarini ta'minlaş, davlat va jamoatçilik örtasida oçiq va samarali muloqot örnatişda OAVning roli va ta'sirini yanada kuçaytiriş imkoni paydo bölmoqda.

Anjumanda bugungi globallaşuv zamonida uyuşma faoliyatining samaradorligini yanada oşiriş bilan boğliq vazifalar haqida fikr bildirilib, taşkiliy masalalarga ham alohida e'tibor qaratildi. 

Sa'dulla Hakimov Özbekiston Jurnalistlar ijodiy uyuşmasining raisi etib saylandi.