Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Xususan, farmonda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Nuroniy” jamğarmasi markaziy apparati, uning bölinmalari va naşriyot bölimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga 1,5 milliard söm ajratişi belgilab qöyildi.
Bundan taşqari, vazirlik 2017 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarida uşbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan mablağlarni nazarda tutişi ham belgilandi.












